TQK, PKK terror tashkilotiga qarshi havo hujumi uyushtirdi

Ushbu hujum ham Turkiya hududida, ham tashqi hududda olib borildi.

516589
TQK, PKK terror tashkilotiga qarshi havo hujumi uyushtirdi

Turk qurolli kuchlari PKK terror tashkilotiga qarshi ham Turkiyada, ham chet elda havo hujumi uyushtirdi.

Kecha oqshom soatlarida Turkiyaning Diyarbakir viloyati, Lije tumaniga qarashli qishloqlarda amalga oshirilgan havo hujumlarida PKK terror tashkilotiga oid boshpana vayron qilindi. Boshpana ichida terroristlar ham bor edi.  

Hozirda esa u yerda qurbonlarni aniqlash faoliyati yuritilmoqda.

Kechasi esa Iroqning shimolida joylashgan Sinat, Haftanin va Metina mintaqalariga qarshi ham havo hujumi uyushtirildi.

Ushbu hujumda boshpana va nazorat nuqtasi ekanligi aniqlangan 5 mo’ljal vayron qilindi.

Amaliyot ortidan qurbonlarni aniqlash faoliyati davom etmoqda.

Undan tashqari Suriyaning shimolida Turkiyaga qarshi hujum qilishga tayyorlanayotganligi aniqlangan Katyusha, Havan va qurol mavzelaridan tashkil topgan nishonlar, vayron qilindi.

Amaliyot oxirida nishonga olingan nuqtalardan tashqari himoya mavzelari ham yo’q qilindi.

Amaliyotlarda ilk aniqlashlarga ko’ra 8 nafar DEASh terror tashkiloti a’zosi ham o’ldirildi.



Aloqador xabarlar