Janubiy Kipr bu gal Turkiyaning yordamini qabul qildi

Kiprning grek qismi Trodos tog’lari atrofida uch kundan beri davom etayotgan yong’inni o’chirish uchun avval, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining yordam berish haqidagi taklifini rad etgan edi.

516090
Janubiy Kipr bu gal Turkiyaning yordamini qabul qildi

Kiprning grek rahbariyati, Trodos tog’lari atrofida uch kundan beri davom etayotgan yong’inni o’chirish bilan ovora.

Yong’inni o’chirish uchun Turkiya nomidan 2ta o’t o’chiruvchi vertolyot bilan 1 ta uchoq yuboriladi. Bu haqidagi ma’lumot Kiprning grek rahbariyatiga Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji tomonidan yetkazildi.

Kiprning grek rahbariyati Turkiyaning bu taklifini qabul qildi va Nikos Anastasiadis Akinjiga minnatdorchilik bildirdi.

Kiprning grek qismi avval Shimoliy Kipr Turk Respublikasining yordam berish haqidagi taklifini rad etgan edi.

Hozircha esa Isroil, Gretsiya, Angliya, Frantsiya va Italiya nomidan mintaqaga yetib borgan vertolyotlar bilan uchoqlar yong’nni nazorat ostiga olishga urinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Kipr , #Trodos tog'lari , #yong'in

Aloqador xabarlar