Turk Qurolli Kuchlari Turkiyaning sharqida terrorizmga qarshi operatsiya o’tkazdi

Havo kuchlari qo’mondonligiga qarashli jangovar samolyotlar vositasida olib borilgan operatsiyada terroristlarga tegishli yer to’lalar, okoplar va o’q-dori omborlari portlatildi.

515749
Turk Qurolli Kuchlari Turkiyaning sharqida terrorizmga qarshi operatsiya o’tkazdi

Turk Qurolli Kuchlari Iroq shimolidagi Zap va Metina hududlari bilan Diyarbakirning Lije tumani va Hakkarining Shemdinli tumanidagi tepaliklarda operatsiya o’tkazdi.

Harbiy Bosh shtab rahbariyati ma’lum qilishicha, kecha Iroqning shimolidagi Zap hududida soat 10:20 atrofida, Metina hududida esa, soat 22:00-23:11 atrofida operatsiya o’tkazildi.

Havo kuchlari qo’mondonligiga qarashli jangovar samolyotlar vositasida olib borilgan operatsiyada terroristlarga tegishli yer to’lalar, okoplar va o’q-dori omborlari portlatildi.

Shuningdek, kecha soat 16:00 atrofida Diyarbakirning Lije tumanidagi qirlarda, soat 19:00-20:00 atrofida esa, Hakkarining Shemdinli tumanidagi tog’liq hududlarda operatsiya olib borildi.

Operatsiyada terror makonlari, qurol va o’q-dori omborlari, yer to’lalar portlatildi.



Aloqador xabarlar