Turkiya, Ozarbayjon, Bolgariya va Gruziya hamkorlikda harbiy tadbiqot o’tkazdi

“Ko’p millatli harbiy tadbiqot-2016” joriy yilning 6-12 iyun kunlari Turkiyaning Isparta viloyatida amalga oshirildi.

509716
Turkiya, Ozarbayjon, Bolgariya va Gruziya hamkorlikda harbiy tadbiqot o’tkazdi

Joriy yilning 6-12 iyun kunlari Turkiya, Ozarbayjon, Bolgariya va Gruziya ishtirokida harbiy tadbiqot o’tkazildi.

“Ko’p millatli harbiy tadbiqot-2016” ishtirokchi davlatlarning qurolli kuchlari o’rtasida ma’lumot va tajriba almashish, shuningdek, hamkorlikda ish yuritish va mushtarak operatsiya rejalash qobiliyatini rivojlantirishni maqsad qiladi.

Mazkur tadbiqot Turkiyaning Isparta viloyatidagi harbiy hududlarda amalga oshirildi.

Tadbiqotda qo’shinning mushtarak rejalashtirish qobiliyatini rivojlantirish, taktika ishlab chiqish, suv usti harakati va havo hujum harakati texnikalari va taktikalari ustida ish olib borish nazarda tutildi.

Tadbiqotga Turk Qurolli kuchlari safidan Quruqlik kuchlari qo’mondonligi va Harbiy ta’lim markazi qo’mondonligi hamda Havo kuchlari qo’mondonligi bilan Ozarbayjon, Bolgariya va Gruziya qo’shinidan tanlangan askarlar qatnashdi.

 

 



Aloqador xabarlar