Hakkarida terror hujumi uyushtirildi

Hakkarining Shemdilli tumanida terror hujumi natijasida 2 askar shahid bo'ldi.

508566
Hakkarida terror hujumi uyushtirildi

Hakkarining Shemdilli tumanidagi Tekeli Harbiy Bazasida terroristlar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 2 askar shahid bo'ldi, 4 askar esa tan jarohati oldi.

Yarali askarlar, vertolyotlar bilan shifoxonaga olib borildi.

Hududda terroristlarga qarshi havo operatsiyalari davom etmoqda.

Shuningdek, Tunjelining Ovajik tumanida PKKli terroristlar, tuman Jandarm Qo'mondonligiga raketalar bilan hujum uyushtirdi.

Jandarm Qo'mondonligiga raketalar bilan uyushtirilgan hujum paytida xavfsizlik kuchlari bilan terroristlar o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi. 

Hujum ortidan, qochgan terroristlarni qo'lga olish uchun hududda operatsiyalarning davom etgani bildirildi.

 

 



Aloqador xabarlar