Turkiyaning Mardin viloyati Midyat tumanida kuchli portlash sodir bo'ldi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim portlash oqibatida bir politsiya xodimi bilan ikki kishi halok bo’lganini ma’lum qildi.

506563
Turkiyaning Mardin viloyati Midyat tumanida kuchli portlash sodir bo'ldi
mardin saldırı1.jpg

Bugun soat 11:00 atrofida Turkiyaning Mardin viloyati Midyat tumanidagi Xavfsizlik boshqarmasi binosi oldida kuchli portlash sodir bo’ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, Batman yo’nalishidan kelgan bomba ortilgan yengil mashina Xavfsizlik boshqarmasi binosiga kirmoqchi bo’lgan.

Vaziyatdan shubhalangan politsiya xodimlari terroristlarga o’q uzishi oqibatida mashinada kuchli portlash yuzaga kelgan.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim voqea joyida bir politsiya xodimi bilan ikki kishi halok bo’lganini ma’lum qildi.

Voqea joyida 30 dan ortiq yarador tez yordam mashinasida atrofdagi shifoxonalarga olib ketilgan.

Portlashning kuchi bilan yaqinlardagi Xavfsizlik boshqarmasiga qarashli turar-joy binolari va atrofdagi uylarda katta moddiy zarar yuzaga kelgan.

Hududga qo’shimcha harbiy kuch safarbar qilingani aytilmoqda.

Tumandagi Jandarm uchastkasiga o’tgan oy sodir qilingan bombali hujumda esa, 3 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan edi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an ushbu terrorchilik harakatidan so’ng, ıchki ishlar vaziri Efkan Aladan ma’lumot oldi.

 

 

 



Aloqador xabarlar