Milliy Xavfsizlik Kengashi, terror tashkiloti PYDga norozichilik ko'rsatdi

Milliy Xavfsizlik Kengashi, PYD/YPGning Yevropada vakolatxona ochishining ittifoqdoshlikka yarashmaganini bildirdi.

498646
Milliy Xavfsizlik Kengashi, terror tashkiloti PYDga norozichilik ko'rsatdi

Milliy Xavfsizlik Kengashi, terror tashkiloti PYD/YPGning Yevropada vakolatxona ochishining ittifoqdoshlikka yarashmaganini bildirdi.

65. hukumat tashkil topgandan keyin, birinchi Milliy Xavfsizlik Kengashi yig'ilishi Prezident Rajab Tayib Erdo'g'an rahnamoligini kuni kecha bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda, terrorga qarshi kurashda mavjud vaziyat bilan bir qatorda milliy xavfsizlikka rahna solgan va bir terror tashkilotiga qarshi olingan chora-tadibrlar ko'zdan kechirildi.

Yig'ilishdan keyin chop etilgan bildiruvda, Sharq va Janubiysharq hududidagi shaharlarda davom etgan operatsiyalar bilan, mahalliy xalqning zudlik bilan barqarorlik istaganiga diqqqat qaratildi.

Bildiruvda, xalq dastaklamagan va taslim bo'lishdan boshqa iloji qolmagan terroristlar bilan siyosiy tarmog'ining, hududdagi insonlarning vakili bo'la olmasligi bildirildi.

Suriyadagi ichki urushning terrorga zamin yaratgani ifoda etilgan bildiruvda, bo'lg'ichi terror tashkiloti PKKning Suriyadagi davomi bo'lmagan PYD/YPGning ayrim Yevropa shaharlarida vakolatxona ochishiga ruxsat berilishiga orozichilik ko'rsatildi.

Bildiruvda, "PYD/YPGning Praga, Stokgolm, Berlin va Parijda vakolatxona ochishiga ruxsat berilishining, o'lkamizda qon to'kkan terroristlarga imkon va jasorat bergani, buning do'st va ittifoqdoshlikka yarashmagani, Turkiya berilgan qarorlarni qayta ko'zdan kechirishni kutilmoqda" deb ifoda etildi.

Suriyadagi o'zgarishlar ham muhokama qilingani ifoda etilgan bildiruvda, Esad rejimi va uni dastaklagan davlatlar bilan tashkilotlarning Halabda sodir etgan insonlik jinoyatiga diqqat qaratildi.

DEASH terror tashkilotining Turkiyaga qaratilgan hujumlarining ham keng ko'lamli muhokama qilingani yozilgan bildiruvda, bu jihatda terrordan tozalangan xavfsiz va havo safarlari taqiqlangan hudud kerakligiga diqqat qaratildi.

Bildiruvda, Varshavada bo'ladigan NATO Sammitida ham barcha a'zolar uchun ishonch orttiruvchi chora-tadbirlar olish kerakligi ifoda etildi.

Islomga qarshi ifodalari bilan og'zaki haqoratlargacha borgan irqchi harakatlar ham muhokama qilingani ifoda etilgan bildiruvda, so'ngi yillarda Yevropa o'lkalari va AQShda maydonga kelganlar mavzusida Kengashga ma'lumot berildi, siyosat, huquq, media va nodavlat tashkilotlar oladigan chora-tadbirlarning muhokama qilingani bildirildi.

 



Aloqador xabarlar