Turkiya prezidenti R.T.Erdog'an Butunjahon gumanitar sammitida so'zga chiqdi

Prezident Erdog’an tezkor, qat’iy, shaffof va hisobot berish tamoyiliga asoslangan xavfsizlik kengashini tuzish davr talabi ekanini bildirdi.

496218
Turkiya prezidenti R.T.Erdog'an Butunjahon gumanitar sammitida so'zga chiqdi

Istanbulda BMT Butunjahon gumanitar sammiti davom etmoqda.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an sammit doirasida o’tkazilgan “To’qnashuvlarni oldini olish va to’xtatish uchun siyosiy liderlik” mavzuyidagi 1-oliy darajali yig’ilishda so’zga chiqdi.

Prezident Erdog’an tezkor, qat’iy, shaffof va hisobot berish tamoyiliga asoslangan xavfsizlik kengashini tuzish davr talabi ekanini bildirdi.

Erdog’an: “Biz har fursatda bunga alohida to’xtalyabmiz va dunyo 5 davlatdan katta ekanini aytyabmiz. Butun insoniyatning taqdirini ushbu 5 davlatning siyosiy manfaatlariga mahkum qilish na aqlga, na vijdonga to’g’ri keladi”,-dedi.

BMT tashkilotining bundan 70 yil muqaddam yangi tashkil topgan paytlardagi asosiy maqsadi insoniyatni o’limga va vayronagarchilikka yetaklagan har qanday to’qnashuvlarni oldini olish ekanini eslatgan prezident Erdog’an: “Lekin, 70 yillik tarixiga nazar tashlaganimizda, BMTning eng katta muvaffaqiyatsizligini hozirgi davrda ko’rib turibmiz. Bunda BMT xavfsizlik kengashining aybi katta. 6 yildan beri davom etgan Suriyadagi urush buning yaqqol isbotidir. Veto qilish haqqini behuda sarf qilib, afsuski urush va to’qnashuvlarga kelganda qattiq qarshi chiqa olmayotir. Bolalar, ayollar, tinch aholi va butun dunyo bundan zarar ko’rmoqda. Bu masalada barcha davlatlar vijdoni bilan harakat qilib, kerakli chorani ko’rishi shart”,-dedi.

Butunjahon gumanitar sammitining ochilishida so’zga chiqqan BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon ham o’zidan oldin so’zga chiqqan Uganda va suriyalik qochqinlarning ma’ruzalaridan juda ta’sirlanganini tilga oldi.

Bu faollarning say-harakatlari va matonatli kurashidan juda tuyg’ulanganini tilga olgan Ban Ki Moon, bularni qo’llab quvvatlagan avvalo Turkiya va boshqa yordamsevar davlatlarga minnatdorchilik bildirdi.

Ban Ki Moon: “Ba’zi insonlar uchun pul, shon-shuxrat, kuch juda muhim bo’lishi mumkin, lekin biz bu yerda adolat, umid va porloq kelajakning memori hisoblanamiz. Biz butun insoniyat oldidagi mushtarak mas’uliyatlarni baham ko’ryabmiz. Faqatgina insonlarning hayotini saqlab qolish uchun emas, balki ularga sharafli hayot kechirish imkonini yaratish uchun kurashishimiz zarur”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Istanbul , #sammit , #gumanitar

Aloqador xabarlar