Istanbulda Butunjahon gumanitar sammiti o’z ishini boshladi

Istanbul Kongress markazida o’tkazilgan ochilish marosimiga BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon bilan bir qatorda, jami 60ga yaqin davlatdan prezidentlar, hukumat rahbarlari, vazirlar va boshqa qator vakillar ishtirok etmoqda.

496063
Istanbulda Butunjahon gumanitar sammiti o’z ishini boshladi

Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida BMT Butunjahon gumanitar sammiti o’z ishini boshladi.

Sammitning ochilishida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an so’zga chiqdi.

Prezident Erdog’an so’zlagan nutqida, Turkiyaning hozirgi kunda 140dan ortiq davlatda gumanitar yordam faoliyatlarini amalga oshirib, mingdan ziyod loyihani hayotga tadbiq etganini aytib o’tdi.

Qolaversa, Turkiya dini, irqi, tili qanday bo’lishidan qat’iy nazar, Suriya va Iroqdan kelgan taxminan 3 million qochqinni qabul qilganini eslatdi.

 Erdog’an: “Faxr bilan aytamanki, urushdan qochib kelgan xoh suriyalik bo’lsin, xoh ıroqlik bo’lsin jabrlangan barcha insonlarga eshiklarimizni yopmaymiz”,-dedi.

Istanbul Kongress markazida o’tkazilgan ochilish marosimiga BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon bilan bir qatorda, jami 60ga yaqin davlatdan prezidentlar, hukumat rahbarlari, vazirlar va boshqa qator vakillar ishtirok etdi.

Erta tongda o’tkazilgan liderlar anjumanida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an va BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon anjuman ishtirokchilariga hitob qildi.

Anjumanga 60ga yaqin davlatning prezidenti va hukumat rahbari hamda vakillar ishtirok etdi.

Sammit davomida turli konferensiyalar, anjumanlar o’tkaziladi.

Ishtirokchi liderlar ma’ruza qiladi, dunyodagi global muammolar haqida  fikrlarini ifoda etadi va global muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

BMT Butunjahon gumanitar sammiti chog’ida, 7 ta yig’ilish, 15 ta maxsus anjuman va 120 dan ortiq konferensiya o’tkaziladi.

Gumanitar yordam strategiyalari va favqulodda holatlarga qarshi faol siyosatlarni belgilash maqsad qilingan sammitda Turkiya ishtirokchi davlatlar bilan favqulodda va gumanitar yordam o’tkazish bo’yicha o’z tajribalarini o’rtoqlashadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar