Angela Merkel Turkiyaga tashrif etadi

Angela Merkel, 23-May kuni Istanbulda Prezident Rajap Tayib Erdo'g'an bilan uchrashadi.

494927
Angela Merkel Turkiyaga tashrif etadi

Germaniya Bosh Vaziri Angela Merkel, 23-May kuni Istanbulda Prezident Rajap Tayib Erdo'g'an bilan uchrashadi.

Nemis Hukumat Voizi Steffen Seibert, Federal Matbuot Markazida o'tkazilgan anjumanda, Merkelning 22-May kuni, BMT Dunyo Insoniy Sammitiga ishtirok etish doirasida Istanbulga tashrif etishi va sammit doirasida Prezident Erdog'an bilan o'zaro uchrashuv o'tkazishini izohladi.

Uchrashuvda ko'chmachilar mavzusining muhokama qilinishini ifoda etgan Seibert, Merkelning Turkiyada ayrim noharbiy tashkilot vakillari bilan uchrashuv o'tkazishini ifoda etdi.

Seibert, Merkelning AK Partiya bosh rahbarligi uchun nomzod ko'rsatilgan Binali Yildirim bilan uchrashib uchramasligi haqqida bir savolga esa quyidagicha javob berdi: "Demokratiyaning muvozanatli bo'lishi uchun jamiyatdagi har guruhdan vakillar bo'lishi kerak. Bunlar  Bosh Vazirlikning Xalqaro Insoniy Sammiti doirasida Turkiya Prezidenti bilan muhokama qiladigan mavzular orasida bo'ladi."

Turkiya Oliy Millat Majlisining Yevropa Ittifoqi a'zolik g'ayratlarini xavfga solib solmasligi mavzusida ham Seinbert, Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi muzokaralarning uzoq muddatdan beri "Natijasi ochiq bir shakilda" davom etgani va Bosh Vazir Merkelning har doim mavjud shartnomaga rioya qilishini izohlaganini eslatib, Yevropa Ittifoqi o'lkalarining uslubini Turkiyadagi o'zgarishlarga ko'ra belgilanishini takidladi.

 



Aloqador xabarlar