DAIShga qarshi jangda yaralangan suriyaliklar Turkiyaga olib kelindi

Turkiya-Suriya chegarasidagi O’njupinar bojxona punktiga olib kelingan yaradorlar “112” tez yordam xodimlari tomonidan Kilis Davlat shifoxonasiga olib ketildi.

490624
DAIShga qarshi jangda yaralangan suriyaliklar Turkiyaga olib kelindi

Suriyaning Halap viloyatiga qarashli Azez tumanida terror tashkiloti DAIShga qarshi jangda og’ir yaralangan 9 nafar Suriyalik Turkiyaning Kilis tumaniga olib kelindi.

Turkiya-Suriya chegarasidagi O’njupinar bojxona punktiga olib kelingan yaradorlar “112” tez yordam xodimlari tomonidan Kilis Davlat shifoxonasiga olib ketildi.

Yaradorlar shifoxonada davolanmoqda.

Azez tumanida Mustaqil Suriya qo’shini bilan DAISh o’rtasidagi otishmalar hamon davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Turkiya , #chegara , #yarador , #DAISh

Aloqador xabarlar