Turkiyaning Mardin va Shirnak viloyatlarida 11 nafar terrorist o’ldirildi

Operatsiyalarda ko’plab qo’lbola bomba va portlovchi moddalar yo’q qilindi, ko’plab qurol-aslaha va o’q-dori ombori davlatga musodara qilindi.

489404
Turkiyaning Mardin va Shirnak viloyatlarida 11 nafar terrorist o’ldirildi

Turkiya bo’ylab terrorizmga qarshi kurash jadallik bilan davom etmoqda.

Turkiyaning Mardin va Shirnak viloyatlarida terror tashkiloti PKKga xizmat qilgan 11 nafar terrorist o’ldirildi.

Operatsiyalarda Mardinning Nusaybin tumanida 6 ta, Shirnakda 5 ta terrorist o’ldirildi.

Mardinning Qiziltepa tumanidagi chegara punktidan Suriya tomonga o’tishga harakat qilgan 3 ta terrorist qo’lga tushirildi.

Hakkarining Chukurja tumanida olib borilgan operatsiyalarda esa, terror tashkiloti bilan aloqasi bo’lgan 13 shaxs qo’lga olindi.

Operatsiyalarda ko’plab qo’lbola bomba va portlovchi moddalar yo’q qilindi, ko’plab qurol-aslaha va o’q-dori ombori davlatga musodara qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #terror , #terrorizm , #kurash , #Mardin , #Shirnak

Aloqador xabarlar