Turk Havo Yo’llari 16 maydan e'tiboran Amerikaning Atlanta shahriga uchadi

TK031 sonli reys bilan Istanbuldagi Xalqaro Otaturk aeroportidan 14:15 da uchadigan Boeing 777-300ER samolyoti soat 19:55 da Atlantaga qo’nadi.

489312
Turk Havo Yo’llari 16 maydan e'tiboran Amerikaning Atlanta shahriga uchadi

Turk Havo Yo’llari Amerika Qo’shma Shtatlarining Atlanta shahriga havo reyslarini yo’lga qo’ydi.

Turk Havo Yo’llari 16 maydan boshlab Istanbul-Atlanta reysini boshlaydi.

Istanbul-Atlanta reyslari haftada 7 kun o’zaro amalga oshiriladi.

TK031 sonli reys bilan Istanbuldagi Xalqaro Otaturk aeroportidan 14:15 da uchadigan Boeing 777-300ER samolyoti soat 19:55 da Atlantaga qo’nadi.

O’sha samolyot TK032 sonli reys bilan Atlantadan soat 22:10 da uchadi va 15:35 da Istanbulga qo’nadi.

Turk Havo Yo’llari Amerika qit’asida Houston, Miami, Chicago, Los Anjelos, Nyu York, San Francisco, Vashington, Boston, Atlanta, Toronto, Montreal, Buones Aires, San Paulu, Bogota va Panama kabi shaharlarga ham yo’lovchi reyslarini yo’lga qo’ymoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar