Erdog'an, TOBB Yalpi kengashida ishbilarmonlarga xitob etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an o'z so'zida, va'dasida turmagan Yevropa ittifoqini tanqid qildi.

488637
Erdog'an, TOBB Yalpi kengashida ishbilarmonlarga xitob etdi

Prezident Erdog’an, Turkiya palatalar va birjalar uyushmasi tomonidan egizak minoralarda uyushtirilgan “72-Yalpi kengash Xizmat faxriy hujjati va taqdirlash marosimi”da ishtirok etdi.  

Erdog’an ushbu marosimda ishbilarmonlarga xitob etar ekan Turkiya olaroq iqtisodiy jihatdan bugungacha hech qanday inqirozga duch kelmaganliklarini faqat mavjud iqtisodiy sharoitga ham ko’nikish kabi tushunchaga qopilmaslik kerakligini, moliyaviy va bank tarmog’ida esa tadbirkorlarga shart-sharoit yaratib berilishi kerakligini tilga oldi.

Turkiya tomonidan muhojirlarga har qanday yordamning berilganligiga e’tibor qaratgan Erdog’an, bugungi kunda Turkiyada muhojirlarga atalgan 25 ta lager borligini, 3 million muhojirni esa turk xalqining boqayotganligini, Yevropa ittifoqining 1 yilda 3 milliard yevro mablag’ ajratish haqida va’da berishiga qaramay haligacha chalg’itish usulida ish olib borayotganligini belgilab o’tdi.  

Turk fuqarolari uchun Yevropa ittofiqiga a’zo davlatlarda vizasiz rejim davrini boshlatish maqsadida o’rtaga qoyilgan shartlarni eslatib o’tgan Erdog’an;

“Terrorga qarshi kurash haqidagi qonuningizni o’zgartirasiz” dedilar. Bizga aql berganlar nima uchun Yevropa Parlamenti qoshida terroristlarning chodir qurishlariga ruxsat bermoqdalar? Avvalom bor mana shu savolimga javob bersinlar. Xudkushlar uchun o’z poytaxtlarida motam chodiri qurdiradigonlar, terroristlarni boshida ko’tarib yuradiganlar, terror tashkilotlarini bir-biridan ajratib qaraydigan mavzularni Turkiyadan ham talab qilgudek bo’lsa unda, bizdan hech qanday javob kutmasinlar. Turkiya, ularga o’xshab terror bilan terroristlarga quchoq ochmaydi” dedi.  

Yevropa ittifoqi bilan vizasiz rejim to’g’risida kelishib olganliklarini eslatgan Erdog’an;

“Umid qilamanki bergan va’dalarining ustidan chiqadi. Eng kech oktabr oyida bu ish hal qilingan bo’ladi. Agar hozir hal qilgudek bo’lsa unda yana-da yaxshi. Biz o’z faoliyatlarimizni bugungacha viza orqali hal qilganimiz yo’q. Bundan keyin ham vizasiz davom eta olamiz. Vizasiz rejim masalasi unchalik ham muhim emas. Bu rejimsiz ham o’z faoliyatlarimizni davom ettira olamiz. Hech kimga bosh egmaymiz” dedi.

Terrorga qarshi kurash masalasiga ham to’xtalgan Erdog’an;

“Biz bu tuproqlarni vatan qilish uchun buning evazini to’layabmiz, qurbonlar beryapmiz. Ayrilish uchun va’da berganlar, marxamat, aytgan joyiga ketaversinlar” dedi.  



Aloqador xabarlar