Turkiyada DAIShga xizmat qilgan 463 nafar shaxs qamoqqa olindi

Ankara Xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan yuritilgan operatsiyalarda 1 may kuni qonli terrorchilik harakatiga tayyorgarlik ko’rayotgan 4 shaxs qo’lga olindi.

487743
Turkiyada DAIShga xizmat qilgan 463 nafar shaxs qamoqqa olindi

Turkiya miqyosida yuritilgan terrorizmga qarshi operatsiyalarda DAIShga xizmat qilgan 463 ta terrorist qamoqqa olindi.

bundan tashqari, qo’lga tushirilgan 863 ta shubhali shaxsdan 199 nafari qamoqqa olindi.

Politsiya xodimlari, jandarm va hudud xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan yuritilgan faoliyatlar natijasida, terror tashkilotiga tegishli varaqalar, qurollar va ko'plab o’q-dori qo’lga tushirildi.

Ankara Xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan yuritilgan operatsiyalarda 1 may kuni qonli terrorchilik harakatiga tayyorgarlik ko’rayotgan 4 shaxs qo’lga olindi.

Bu shaxslarning DAISh terror tashkilotiga xizmat qilgani va uning topshirig’ini bajarish uchun ishga tushgani aniqlandi.

Suriya fuqarosi bo’lgan shaxslar notinch territoriyalardagi terroristlar bilan yaqin aloqada bo’lgan.

Istanbulda portlash sodir qilish maqsadida Suriyadan kelgan ikkita shaxs qamoqqa olindi.

 Ankarada 6 may kuni DAIShga aloqadorlikda ayblangan bir Suriya fuqarosi qo’lga olindi.

Turk Qurolli Kuchlari 1-5 may kunlari Suriyada terror tashkiloti DAIShga tegishli 2144 manzilni portlatdi.

Operatsiyalar davom etar ekan, DAISh safida jang qilgan 1172 jangari o’ldirildi.

Qolaversa, Turkiya-Suriya chegarasiga terroristlarning o’tishini oldini olish maqsadida qo’shimcha askar joylashtirildi va xavfsizlik chora-tadbirlari kuchaytirildi.

Turkiya-Suriya chegarasida DAIShga xizmat qilgan 388, PYD/PKKga xizmat qilgan 82 terrorist qo’lga tushirildi.

Suriya tomonidan Turkiyaning Kilis tumaniga otilgan katyusha roketasi oqibatida 5 maygacha jami 20 kishi halok bo’ldi.

Bulardan 8 nafari Turkiyaga qochib o’tgan suriyaliklarni tashkil qiladi. Yaralangan 66 kishidan 17 nafari Suriya fuqarosi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #terrorizm , #DAISh , #Suriya , #chegara , #xavfsizlik

Aloqador xabarlar