Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li Bosniya va Gertsegovinada

Davuto’g’li, Bosniya va Getrsegovinaga jo’nab ketishdan avval Anqaradagi Esenbog’a aeroportida yig’ilish o’tkazdi.

486056
Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li Bosniya va Gertsegovinada

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li Turkiya Hamkorlik va Koordinatsiya Agentligi (TIKA) tomonidan restovratsiya qilingan Ferhadiye jome’ masjidining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Bosniya va Gertsegovinaga jo’nab ketdi.  

Bosniya va Getrsegovinaga jo’nab ketishdan avval Anqaradagi Esenbog’a aeroportida yig’ilish o’tkazgan Davuto’g’li, “Siyosatimizning o’zi ham, falsafasi ham mana shu jome’ masjidining ochilishi bilan ifodalanmoqda” deya gapirdi.

Davuto’g’li u yerda, Bosniya va Gertsegovinaning Banja Luka shahrida joylashgan Ferhadiye jome’ masjidining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Bosniya va gertsegovinalik davlat arboblari bilan ham uchrashuv o’tkazadigan Davuto’g’lining ayni kun yurtga qaytishi kutilmoqda.

Usmonli davlatining Bosniya beklarbegi Ferhat Pasha tomonidan 1579-yili qurdirilgan faqat Bosniyadagi urush tufayli 1993-yilning 7-mayi kuni serblar tomonidan vayron qilingan Ferhadiye nomidagi jome’ masjidi 2001-yili Bosniya va Gersegovina Islom ittifoqi tomonidan qayta tiklana boshladi. Lekin materiallar yetarsizligi tufayli qayta tiklash ishlari to’xtab qolgan faoliyatlar, TIKA yordami bilan tamomlandi.  

Bosniya va Gertsegovinaning eng qadrli meroslaridan biri hisoblangan va UNESCOning Jahon madaniy merosi ro'yxatiga nomzodlik jarayoni davom etgan jome’ masjidi, vayron qilinishidan roppa-rosa 23 yil keyin takror xalq xizmatiga ochilmoqda.

 



Aloqador xabarlar