DEASh, Suriyadan Turkiyaga o'q otishni davom ettirmoqda

DEASh terror tashkiloti Suriyadan, Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh viloyati Kilisga raketa o'qi otishni davom ettirmoqda.

485239
DEASh, Suriyadan Turkiyaga o'q otishni davom ettirmoqda

DEASh terror tashkiloti tomonidan Suriyadan Turkiyaning Kilis viloyatiga otilgan 7ta raketadan birining shahardagi ko’p qavatli uylardan biriga tushishi natijasida 1 kishi halok bo’ldi, 11 kishi esa tan jarohati oldi.

Turk qurolli kuchlari bunga qarshi, radar orqali aniqlangan DEASh manzilini vayron qildi.

Ushbu amaliyot chog’ida 5 terrorist ham o’ldirildi. Undan tashqari terror tashkilotiga oid ikkita qurolli mashina bilan ikkita katyusha mavzelari yo’q qilindi.    

Kilis shahar hokimi, Suriya chegarasidagi 2ta mintaqaning, 15 kunlab “maxsus xavfsizlik zonasi” deya e’lon qilinganligini ma’lum qildi.

Shahar hokimi bu haqidagi yozma ravishdagi izohida ushbu qarorning, xalq xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilinganligini qo’shimchaladi.  


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #DEASh , #Kilis

Aloqador xabarlar