PKK terror tashkiloti hiylasi, yana 4 askarni shahid qildi

Nusaybinda PKK terror tashkilotiga qaratilgan harbiy amaliyotlar davom etmoqda.

481880
PKK terror tashkiloti hiylasi, yana 4 askarni shahid qildi

Turkiyaning Mardin viloyati, Nusaybin tumanida terrorga qarshi davom etayotgan harbiy amaliyotlar chog’ida 3 askar shahid bo’ldi.

Turk qurolli kuchlari va xavfsizlik xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu amaliyot chog’ida PKK terror tashkiloti tomonidan oldindan joylashtirib qoyilgan va qo’lda yasalgan portlaguvchi modda, Chag’ prospekti atrofida portlatildi. Voqeada shahid bo’lgan askarlardan tashqari 14 askar ham tan jarohati oldi. Tan jarohati olgan askarlar kasalxonaga yetkazib borildi.

Nusaybinda PKK terror tashkilotiga qaratilgan harbiy amaliyotlar davom etmoqda.

Undan tashqari Shirnakda, PKK terror tashkiloti a’zolariga qaratilgan amaliyotda ham, 1 askar shahid bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #Nusaybin , #shahid , #Mardin

Aloqador xabarlar