Turk yulduzlarining mahorati, barchani lol qoldirdi

Turkiyaning Qoniya shahrida, Qoniya shahar hokimiyati tomonidan Turkiyada birinchi marotaba “Turk aviatsiyasi" nomi bilan tashkil etilgan yagona park yani “Turk yulduzlari parki" ochildi.

472626
Turk yulduzlarining mahorati, barchani lol qoldirdi

Turkiyaning Qoniya shahrida, Qoniya shahar hokimiyati tomonidan “Turk yulduzlari parki" ochildi. Ushbu park Turkiyada birinchi marotaba “Turk aviatsiyasi" nomi bilan tashkil etilgan yagona park hisoblanadi. Ushbu parkning ochilish marosimida Turk havo kuchlariga qarashli akrobatika guruhi “Turk yulduzlari" barchani o'ziga ro'm aylagan ajoyib uchuvchilik san'atini namoyish etdi.

Ochilish marosimida gapirgan Qoniya shahar hokimi Tahir Akyurek, Turk yulduzlarining, Turk armiyasi va Turk havo kuchlarining yagona akrobatika guruhi ekanligini aytib o'tdi.

Turk yulduzlarining Qoniya shahrining eng muhim qadriyatlaridan biriga aylanganligiga e'tibor qaratgan Akyurek, parkni Turk yulduzlariga bag'ishlashdan faxrlanishini tilga oldi.

Shahar hokimi o'z so'zini yakunlagach Turk yulduzlariga oid 7 ta uchoq, ojoyib tomosha namoyish etdi.

Turk yulduzlari, dunyo miqyosida 8 dona, tovushdan ham tez uchadigan urush uchog'i bilan uchuvchilik san'ati namoyish etgan yagona akrabatika guruhi bo'lish xususiyatga egadir.

Turkiyada birinchi marotaba aviatsiya nomi bilan 321 kvadrat metrlik maydonda barpo etilgan ushbu park, noodatiy xususiyatlari bilan o'zgachalanib turadi.

Parkda, Turk yulduzları guruhi bundan buyon ishlatmaydigan 2 ta F 15 rusumidagi uchoq o'rin olgan. A300 rusumidagi yo'lovchi uchog'i esa kafe sifatida xalqqa xizmat beradi.


Tanlangan kalimalar: #Qoniya , #Turk yulduzlari , #park

Aloqador xabarlar