Terrorga qarshi harbiy amaliyot chog'ida yana 2 askarimiz shahid bo’ldi

Turkiyaning janubi-sharq mintaqasida PKK terror tashkilotiga qarshi harbiy amaliyotlar davom etmoqda.

472356
Terrorga qarshi harbiy amaliyot chog'ida yana 2 askarimiz shahid bo’ldi

Turkiyaning Shirnak viloyatida terroristlar yurib ketayotgan zirhli politisya xodimlariga oid mashinaga minamyod va stvolli o'qotar qurol bilan hujum qildi.

Oqibatida 1 nafar militsiya xodimi shahid bo'ldi, 1 nafar politsiya xodimi esa tan jarohati oldi.

Mardinning Nusaybin tumanida PKK terror tashkilotiga qarshi yuritilgan harbiy amaliyot chog'ida tan jarohati olgan politsiya xodimi Kurshad Inan ham davolanayotgan Gulhane nomidagi Harbiy Tibbiyot akademiyasida shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid bo'ldi.

Rize viloyatidagi Milliy politsiya idorasi tomonidan vaqtinchalik vazifa bilan Nusaybin tumaniga yuborilgan shahid politsiya xodimi, Tokat viloyatining Turhal tumanida dafn qilinadi.



Aloqador xabarlar