Erdog'an, askiyachi va ZDF kanali boshlovchisi Jan Bohmermanni sudga berdi

Jurnalist Jan Bohmermann, ZDF telekanali dasturida go’yoki she’r o’qiyotgandek qilib Prezident Rajap Tayyip Erdog’anga haqorat qilgan edi.

470494
Erdog'an, askiyachi va ZDF kanali boshlovchisi Jan Bohmermanni sudga berdi

Haqorat mazmunidagi she'ri tufayli germaniyalik askiyachi va boshlovchi Jan Bohmermanni sudga bergan Prezident Rajap Tayyip Erdog'anning advokati, barcha huquqiy yo'llar orqali murojaat qilajaklarini bildirdi.

Advokat Hubertus von Sprenger Germaniyaning ZDF telekanalida;

“Agar bir ishni boshlagudek bo'lsam uni yakunlashni ham yaxshi bilaman" dedi.

Buning uchun oxirigacha kurashajagini aytgan von Sprenger;

“Prezident Jan Bohmermanning sudga tortilishini, jazolantirilishini va bundan buyon aslo bunday voqeaning takrorlanmasligini talab qilmoqda" dedi.

Bohmermannning esa bu kunlarda ishlari yaxshi emas. Askiyachining bu haftadagi dasturi bekor qilindi.

Bohmermann va uning kompaniyasi esa bu qarorning, “Mavzu haqidagi keng ko'lamli xabar tarqashi va bu xabarlarning Bohmermannga va uning dasturiga qaratilishi" tufayli ortgan xalqning salbiy ko'z qarashi ekanligini aytdi.

Bohmermann ustidan, o'zi olib bo'rgan dasturda o'qigan she'ri tufayli Germaniya jazo qonunidagi ikki boshqa moddada sud jarayoni boshlatildi.

Sud jarayonining 103-moddadagi “Chet el davlat rahbariga haqorat" ustidan davom etishi uchun Germaniya hukumatining ruxsati kerak.

Prezident Erdog'an esa “haqorat" jinoyatiga yo'l ochgan 185-moddaga muvofiq ariza bergan edi.

Har ikki modda ustidan boshslatilgan Sud jarayoni ZDF telekanali markazi o'rin olgan Mainz shahridagi prokuratura tomonidan yuritilmoqda.



Aloqador xabarlar