Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman Pokistonda...

Ismail Kahraman tashrifi chog'ida Pokiston Milliy majlis raisi Serdar Ayaz Sadik bilan uchrashdi.

469412
Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman Pokistonda...

Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman Pokistonga safar qildi.

Ismail Kahraman tashrifi chog'ida, Pokiston Milliy majlis raisi Serdar Ayaz Sadik bilan uchrashdi.

Pokiston va Turkiya Oliy majlis raislari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvga ikki davlat hay'atlari ham ishtirok etdi.

Bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvdan so'ng, Ismail Kahraman majlis sharaf daftariga o'z tilaklarini yozib imzo qo'ydi.

Ismail Kahraman: “Turkiya Oliy majlis raisi sifatida parlament a'zolari bilan birga qardosh Pokistonning Milliy majlisini ziyorat qilganimdan baxtiyorman. Islom ilmi donishmandi va ilm-fan arbobi Muhammad Ikbalning avlodlari bo'lmish qardosh Pokiston xalqining vakili milliy majlisning mamlakat ravnaqi yo'lida ko'rsatgan say-harakatlari doimo muvaffaqiyatli davom etishiga ishonchim komil",-deb yozdi.

Ismail Kahraman o'ziga va turk hay'atiga ko'rsatilgan hurmat-ehtirom uchun Pokiston xalqiga turk xalqi nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Turkiya va Pokiston o'rtasidagi do'stlikka hissa qo'shgan barchaga minnatdorchilik bildirgan Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman, urdu tilida “Yashasin Pokiston",-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Turkiya , #Oliy majlis

Aloqador xabarlar