Istanbulda Islom Hamkorlik Tashkilotining 13-Islom sammitiga tayyorgarlik ketmoqda

Shu munosabat bilan Istanbulda Islom Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

469570
Istanbulda Islom Hamkorlik Tashkilotining 13-Islom sammitiga tayyorgarlik ketmoqda

Istanbulda Islom Hamkorlik Tashkilotining 13-Islom sammitiga tayyorgarlik ketmoqda.

Shu munosabat bilan Istanbulda Islom Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda a'zo davlatlardan kelgan mutasaddilarga hitob qilgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu islom geografiyasida joylashgan qardosh davlatlar o'rtasidagi nizolar katta falokatlarga sabab bo'lganini aytib o'tdi.

Chavushog'lu: “Mazhabchilik insonlarni bir-biridan ajratmoqda. Ichki nizolar va qurolli to'qnashuvlar tinchlik-xotirjamligimizga rahna solmoqda. Terrorizm va ekstremistik oqimlar barqarorligimizni buzmoqda. Natijada musulmonlar zarar ko'rmoqda. Buni qabul qila olmaymiz",-dedi.

Butun dunyoning adolat va tinchlikka ehtiyoji borligini tilga olgan Chavushog'lu, asosan islom olami birlik va hamjihatlikka muhtoj ekanini aytdi.

Sammitda “Islom Hamkorlik Tashkiloti-2025: Dastur rejasi" hujjati tayyorlanishini va bu hujjatda 10 yillik rejalar o'rin olishini bildirdi.

Qolaversa, Turkiya bu maqsadiga erishish uchun butun majburiyatlarni o'z zimmasiga olishini ta'kidladi.

Suriyadagi vaziyatga to'xtalgan Mevlut Chavushog'lu, dunyo tarixidagi eng katta falokatlardan biri Suriyada yuzaga kelganini va Beshar Asad rejimining zulmi insoniyat uchun ayanchli ahvol ekanini tilga oldi.

Mevlut Chavushog'lu: “Umid qilamanki, Jeneva bildiruvi asosida Suriya xalqining talablari inobatga olinib, siyosiy qayta-qurish jarayoni amalga oshiriladi",-dedi.

57 davlat a'zo bo'lgan Islom Hamkorlik Tashkilotining 13-Islom sammiti 14-15 aprel kunlari Istanbulda o'tkaziladi.

Sammitda islom dunyosida yuzaga kelgan global muammolar, tahlikalar va bularni hal qilish yo'llari ko'rib chiqiladi.

Sammitning ochilish marosimi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anning tashrifi bilan amalga oshiriladi.

Sammitda Islom Hamkorlik Tashkilotining davr rahbarligi Turkiyaga topshiriladi.



Aloqador xabarlar