Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an tomonidan Prezidentlik saroyida rasmiy marosim bilan kutib olinadi.

468786
Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anning taklifiga binoan bugun Ankaraga tashrif buyuradi.

Gavjum delegatsiya hamrohligida tashrif buyuradigan qirol uchun Ankarada katta tayyorgarlik ketmoqda.

Qirol Selman Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an tomonidan Prezidentlik saroyida rasmiy marosim bilan kutib olinadi.

Ikki davlat rahbari o'rtasida bo'lib o'tadigan uchrashuvlarda avvalo Suriyadagi vaziyat, qochqinlar masalasi, terrorizmga qarshi kurash bo'yicha amalga oshiriladigan tashabbuslar hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.

Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz bilan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an o'zaro va hay'atlararo uchrashuvlardan so'ng, matbuot anjumani o'tkazadi.

Qirol Selman 13 aprel kuni Ankaradagi rasmiy uchrashuvlarni yakunlab, Istanbulga jo'nab ketadi.

U 14-15 aprel kunlari Istanbulda o'tkaziladigan Islom Hamkorlik tashkilotining 13-Islom sammitiga qatnashadi.

Sammit chog'ida Turkiya Islom Hamkorlik tashkilotining (2016-2019) davr rahbarligini Misrdan qabul qilib oladi.

Bundan tashqari,14-15 aprel kunlari Hukumat va Davlat rahbarlari sammiti o'tkaziladi.

Misrda harbiy to'ntaruv bilan hukumatni qo'lga kiritgan Misr Prezidenti Abdulfettah Al Sisi xalqaro protokolga binoan sammitga taklif qilingan edi.

Ma'lum bo'lishicha, mazkur sammitga Misr Prezidenti Abdulfettah Al Sisi ishtirok etmaydi, lekin Misr Tashqi ishlar vaziri Samih Shukruning tashrif buyurishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar