R.T.Erdog'an:“Yevropa Ittifoqi shartnomaga amal qilmasa, Turkiya ham amal qilmaydi"

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Politsiya tashkilotining 171 yilligi munosabati bilan Prezidentlik saroyida politsiya xodimlariga hitob qildi.

466754
R.T.Erdog'an:“Yevropa Ittifoqi shartnomaga amal qilmasa, Turkiya ham amal qilmaydi"

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Yevropa Ittifoqi majburiyatlarni bajarmagan taqdirda 18 mart kuni tuzilgan Qayta qabul shartnomasiga Turkiya ham amal qilmasligini ma'lum qildi.

R.T.Erdog'an: “Yevropa Ittifoqi zimmasiga tushgan mas'uliyatni bajarmasa, biz ham ba'zi moddalarni tasdiqlamaymiz. Chunki, kelishuv matni qanday bo'lsa unga amal qilinadi",-dedi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Politsiya tashkilotining 171 yilligi munosabati bilan Prezidentlik saroyida politsiya xodimlariga hitob qildi.

Shartnomaning eng katta maqsadi Egey dengizida o'limlarni oldini olish va noqonuniy migratsiyani to'xtatish ekanini eslatgan Erdog'an, qabul qilingan har bir noqonuniy immigrant o'rniga Turkiyada qolgan bir suriyalikning qonuniy yo'llar bilan Yevropa Ittifoqi davlatlariga jo'natilishi ta'minlanishini anglatdi.

Yevropa Ittifoqi Turkiyadagi suriyaliklarning ehtiyojini ta'minlash uchun jami 6 mlrd evro mablag' o'tkazishni va'da qilganini eslatgan Erdog'an: “Aslida Yevropa Ittifoqi bunday tashabbuslar bilan ba'zi mas'uliyatlarni bajargan bo'lardi, lekin, buni amalga oshirdi de bayta olmayman",-dedi.

Erdog'an: “Yevropa Ittifoqi shartnomaga amal qilmasa, Turkiya ham amal qilmaydi",-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdog'an , #politsiya , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar