Mardinda, harbiy bo'lim qoshida portlash yuz berdi

Mardin viloyatining, Qiziltepa tumanida PKK terror tashkiloti a'zolari kecha oqshom vaqtida harbiy bo'limga qarshi bomba yuklangan mashina orqali hujum qildi.

463250
Mardinda, harbiy bo'lim qoshida portlash yuz berdi

Turkiyaning Hakkari viloyati, Yuksekova tumanida bugun tong saharlab xavfsizlik kuchlarining PKK terror tashkilotiga qarshi amalga oshirgan harbiy amaliyoti chog'ida to'qnashuv yuz berdi. Ushbu to'qnashuv oqibatida 1 nafar komissar o'rinbosari shahid bo'ldi.

Shahid bo'lgan komissar o'rinbosari to'qnashuv chog'ida avvalom bor boshidan tan jarohati oldi. Yuksekova Davlat kasalxonasiga olib borilgan komissar o'rinbosari, shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay qutqarilolmadi va shahid bo'ldi.

Mardin viloyatining, Qiziltepa tumanida PKK terror tashkiloti a'zolari kecha oqshom vaqtida harbiy bo'limga qarshi bomba yuklangan mashina orqali hujum qildi.

Harbiy bo'lim oldidagi to'siqlar tufayli ichkariga kirolmagan terroristlar bomba yuklangan mashinani, bino qoshida portlatib yubordilar.

Ushbu portlash oqibatida harbiy binoning tog'risidagi qurilishning suriyalik soqchisi, yiqilgan binolar ostida qolib jon berdi. Bir nafar harbiy, 3 nafar yosh bola jami 11 kishi esa tan jarohati oldi.

Tan jarohati olgan yaradorlar davolanish uchun Qiziltepa va Mardindagi kasalxonalarga olib borildi.

Xavfsizlik kuchlari, hujum ortidan mintaqada keng ko'lamli olaroq xavfsizlik chora-tadbirlari oldilar.

Shu bilan birga xavfsizlik kuchlari tomonidan yurt boylab keng ko'lamli harbiy amaliyotlar davom etmoqda.

Adanada PKK terror tashkilotiga qarshi vertolyot orqali harbiy amaliyot olib borilar ekan natijada 17 kishi nazorat ostiga olindi.

Ig'dirda uyushtirilgan va terrorga qarshi yuritilgan harbiy amaliyot chog'ida 8 kishi nazorat ostiga olinar ekan, ko'plab qurol va o'q-dorilar topildi.

Hatayda esa terroristlar bilan yuz bergan to'qnashuvda terror tashkilotining Amanos tog'i rahbari ekanligi aytilgan terrorist, o'lik holatda qo'lga tushirildi.


Tanlangan kalimalar: #Mardin , #portlash , #shahid

Aloqador xabarlar