Bosh vazir Davuto’g’li bugun, Diyarbakirga boradi

Diyarbakirning Sur tumanida o’tgan yilning 2-dekabri kuni e’lon qilingan komendant soati ortidan boshlagan to’qnashuvlar tufayli tumanning yirik qismiga ziyon yetkazilgan.

461941
Bosh vazir Davuto’g’li bugun, Diyarbakirga boradi

Bosh vazir Ahmet Davuto'g'li, PKK terror tashkilotiga qaratilgan harbiy amaliyotlarning tamomlanishi ortidan ertaga Diyarbakirning Sur tumaniga boradi.

Davuto'g'li mintaqani teksharib chiqib, oxirgi vaziyat haqida tegishli kishilardan ma'lumot oladi.

Davuto'g'lining ziyoratidan oldin amalga oshirilgan faoliyatlarni ko'rib chiqqan vazirlar, shaharni qayta tiklash va reabilitatsiya jarayoni uchun amalga oshirilishi kerak bo'lgan barcha rejalar-u yo'l xaritasi haqida ertaga Bosh vazir Davuto'g'liga ma'lumot beradi.

Diyarbakirning Sur tumanida o'tgan yilning 2-dekabri kuni e'lon qilingan komendant soati ortidan boshlagan to'qnashuvlar tufayli tumanning yirik qismiga ziyon yetkazilgan edi.

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Surda, 600 ga yaqin tarixiy bino borligini aniqladi.

Huddi mana shu tarixiy binolardan zarar ko'rganlari, Diyarbakirning ijtimoiy-tarixiy va me'moriy xususiyatlarini himoya qilgan holda qayta tiklanadi.



Aloqador xabarlar