Numan Kurtulmush terrorga qarshi kurashga diqqat qaratdi

Numan Kurtulmush terrorga qarshi kurashga diqqat qaratib, ularning qimmat qurollar ishlatganini ifoda etdi.

461793
Numan Kurtulmush terrorga qarshi kurashga diqqat qaratdi

Bosh Vazir o'rinbosari Numan Kurtulmush, terror tashkilotining Turkiyada birinchi marotiba shaharda jang qilganini bildirib; "Kobani va Shimoli Suriyada yuritgan mashg'ulotlar bilan tajriba qozongani ko'rinmoqda" deb so'zladi.

Numan Kurtulmush, xususiy bir telekanalda dolzarb mavzularga doir savollarga javob qaytardi.

Terror tashkilotlarining xohlagan qurollarni qo'lga kiritganiga diqqat qaratgan Kurtulmush, quyidagicha so'zladi: "Duyoning har tomonidan to'plangan insonlar, buncha qurolni qayerdan oladi? Bu insonlar kundalik hayotdan hattoki qiynalar ekan. Bu insonlarning qo'lida 10 minglab,100 minglab dollarlik qurollarni kim beradi? Qanday beradi? Belgiya razvetkasini o'tib u yerda bomba portlatishi, Belgiya razvetkasidan ham kuchli xabarlashuvi bo'lganini ko'rsatmoqda. Demak bir necha kishidan tashkil topgan terror tashkiloti bundan boxabar bo'lganiga ko'ra bu yerdagi hujumlarni boshqa birilari, Anqada va Istanbuldagi hujumlarni uyushtirganlarga muhim ma'lumotlar, logistik xabarlar yetkazgandir. Aslida hammaning samimiy bo'lishi kerak. Ikki yuzlamachilik endi terrorga qarshi kurashda bo'lmaydi"

Numan Kurtulmush, bir birini tanimaganlarning bu terror faoliyatlarida birlashib, qolaversa ideologik jihatdan bir biriga o'xshamagan tashkilotlarning hamkorlik qilishi diqqat tortganini ifoda etdi.

Bosh Vazir o'rinbosari, Janubi va Janubi sharqi Onado'li xalqining terror operatsiyalarini qo'llab-quvvatlaganini, buning esa terrorga qarshi kurashda muhim bo'lganini izohladi.

Terrorga qarshi kurahda xavfsizlik kuchlarining nozuk harakat qilganini va tinch aholi bilan terrorist o'rtasidagi farqga e'tibor berganliklarini ifoda etgan Kurtulmush; "Biz maslani faqat xavfsizlik jihatidan qaramaymiz. Jizrada o'tkazilgan ommaviy yo'qlovga ko'ra, Jizra xalqining katta bo'limi operatsiyalarni dastaklamoqda" dedi.

Mintaqa xalqining 80 % ning operatsiyalardan keyin uylariga qaytishni tushunganini ifoda etgan Kurtulmush, zarar ko'rgan insonlarning qayta qurish jarayonida haqlarini yuqotmalsigini izohladi.




Aloqador xabarlar