Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Amerika Qo'shma Shtatlarida...

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Amerika Qo'shma Shtatlarining poytaxti Vashingtonda sevinch ko'z-yoshlari bilan kutib olindi.

461030
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Amerika Qo'shma Shtatlarida...

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an kecha Amerika Qo'shma Shtatlarining poytaxti Vashingtonga safar qildi.

Erdog'an Vashingtonda tantanali marosim bilan kutib olindi.

Prezident Erdog'an uchun ajratilgan mehmonxona oldiga to'plangan amerikalik turklar “Ishonchli lider xush kelibsan!", “Davlat arbobi", “Suriyalik qochqinlarni himoya qilganing uchun tashakkurlar" deb yozilgan lozunglarni ko'tarib, hurmat izhor qildilar.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an bilan rafiqasi Emine Erdog'an amerikalik turklarning huzuriga chiqdi va ular bilan suhbat olib bordi.

Erdog'an o'ziga ko'rsatilgan hurmat-ehtiromdan baxtiyor bo'lganini tilga oldi.

Ma'lum bo'lganidek, 31 mart-1 aprel kunlari Vashingtonda Atom xavfsizlik sammiti o'tkaziladi.

Sammitga Prezident Erdog'an ham ishtirok etadi, so'ngra Turk-Amerika madaniyat markazining ochilish marosimiga tashrif buyuradi.

Bundan tashqari, Prezident Erdog'an ba'zi davlat tashkiloti vakillari bilan uchrashdi.

Matbuotga yopiq ravishda bo'lib o'tgan uchrashuvga Amerika Prezidenti Barack Obamaning maxsus maslahatchisi, Oq Uy Milliy xavfsizlik kengashining Yevropa bilan aloqalar bo'yicha rahbari Karen Donfried, Vashington instituti direktori Michael Singh, Voodrov Vilson markazi rahbari Jane Harman, Georgetovn Universiteti Diplomatiya fakulteti dekani Prof.Dr Joel Hellmani, Johns Hopkins Universiteti dekani Prof.Dr Vali Nasr va boshqa ko'plab akademiklar ishtirok etdi.

Qolaversa, mazkur uchrashuvga Erdog'anga hamrohlik qilgan Turkiya Oila va Ijtimoiy siyosat vaziri Sema Ramazanog'lu, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu, Energiya va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak, Yoshlik va sport vaziri Akif Chag'atay Kilich hamda Iqtisodiyot vaziri Mustafa Elitash ishtirok etdi.

Oq Uy ma'lum qilishicha, Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Barack Obama bilan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an o'zaro norasmiy uchrashuv amalga oshirmoqchi, bundan tashqari, Erdog'an Amerika prezidenti o'rinbosari Joe Biden bilan uchrashadi.

Oq Uy kotibi Josh Earnest Prezident Erdog'an bilan Obamaning rasmiy uchrashuv amalga oshirmagani Erdog'anga nisbatan hurmatsizlik emasligiga e'tibor qaratdi.

Oq Uy kotibi ma'lum qilishicha, sammitga 50dan ortiq davlat rahbari ishtirok etadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Amerika , #AQSh , #Oq Uy , #Obama , #Erdog'an , #Vashington

Aloqador xabarlar