Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Vashingtonga jo'nab ketdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an 31 mart-1 aprel kunlari Vashingtonda bo'lib o'tadigan Atom xavfsizlik sammitiga qatnashadi.

460654
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Vashingtonga jo'nab ketdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Barack Obamaning taklifiga binoan Vashingtonga jo'nab ketdi.

Prezident Erdog'an 31 mart-1 aprel kunlari Vashingtonda bo'lib o'tadigan Atom xavfsizlik sammitiga qatnashadi.

Dastlab 2010 yili Vashingtonda yo'lga qo'yilgan Atom xavfsizlik sammitiga Turkiya faol ravishda ishtirok etib kelmoqda.

Sammitda atom terrorizm tahdidiga qarshi kurash, atom va radiaktiv moddalarni muhofaza qilishda xavfsizlikni ta'minlash va bunga doir xalqaro hamkorlikni mustahkamlashtirish masalasi muhokama qilinadi.

Safari oldidan Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida matbuotga bayonot bergan Prezident Erdog'an: “Vashingtondagi yig'ilishda asosan Parij, Ankara, Istanbul, Brussel va Lahorda sodir bo'lgan terrorchilik harakatini eslatib, terrorizmga qarshi bir yoqadan bosh chiqarishning vaqti yetib kelganini aytaman",-dedi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Vashingtonda bir qator davlat rahbarlari, tadbirkorlar, akademiklar va matbuot xodimlari bilan uchrashadi.

Bundan tashqari, Turk-Amerika madaniyat markazining ochilish marosimiga tashrif buyuradi.



Aloqador xabarlar