Usame Nujayfiy, Turkiya ziyorati haqida gapirdi

Nujayfiy, Prezident Rajap Tayyip Erdog'an bilan Bosh vazir Ahmet Davuto'g'lining tashrifiga binoan Turkiyaga kelgan edi.

459325
Usame Nujayfiy, Turkiya ziyorati haqida gapirdi

Iroq Prezidenti o'rinbosari Usame Nujayfiy, bugungacha Turkiyaning Mosulga ko'rsatgan ko'magiga to'xtalib o'tar ekan, Turkiyaning yordamiga ishonganliklarini ta'kidladi.

Nujayfiy Prezident Rajap Tayyip Erdog'an bilan Bosh vazir Ahmet Davuto'g'lining tashrifiga binoan Turkiyaga kelganligini va muhim uchrashuvlar o'tkazganligini aytib o'tdi.

Nujayfiy shuningdek uchrashuvlar doirasida Turkiyaning Mosulni DEAShdan qutqarish uchun ko'rsatgan say-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirganligini ifodaladi.

Mosulning DEAShdan en qisqa vaqt ichida qutqarilishi uchun Turkiyaning yordamiga ehtiyoji borligini ta'kidlagan Nujayfiy, shia mazhabiga mansub musulmon militsiya xodimlarining esa bu amaliyotda ishtirok etishiga qarshi ekanligini, aks holda mazhablara'ro urush chiqishidan tashvishta ekanligini ifodaladi.

“Iroqda sunniylar ham qo'llab-quvvatlanishi kerak" degan muzokaralarga ham to'xtalgan Nujayfiy, Mosul DEAShdan qutqarilganidan keyin mintaqadagi sunniylar masalasiga e'tibor berib, sunniylar talabiga javob berish uchun qaror qabul qilajaklarini aytdi.



Aloqador xabarlar