Prezident Erdog’anning AQSh ziyorati

Janob Erdog'an AQSh ziyorati doirasida, Amerikaning 25 ta yirik firmasining oliy darajali yetakchilari bilan yig'ilish o'tkazadi.

459078
Prezident Erdog’anning AQSh ziyorati

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, Amerika Qo'shma Shtatlari ziyorati doirasida 25 ta yirik firmaning oliy darajali yetakchilari bilan yig'ilish o'tkazib, natijada 1 milliard dollardan ortiq investitisiya va'dasini oladi.

Bosh vazirlik qoshidagi Investitsiyani qo'llab-quvvatlash va reklama agentligi (TYDTA), Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi (DEIK) va Turkiya-AQSh biznes kengashining (TAIK) 29-mart 2-aprel kunlari o'tkaziladigan AQSh ziyorati doirasida Erdog'anning ham ishtirok etajagi biznes yig'ilishlari uyushtiriladi.

Turkiyaning oxirgi 13 yildan beri davom etayotgan samarali va qarorli siyosati, to'g'ridan to'g'ri xalqaro investitsiyaning borgan sayin ortishini ta'minladi.

Erdog'anning, bir necha yetakchi AQSh firma direktorlari bilan yig'ilish o'tkazishi orqali, Turkiyaning xalqaro investorlarni qo'llab-quvvatlashi eng oliy darajada ko'rsatiladi.

Amerikalik firmalardan Erdog'an bilan uchrashuv uchun ko'plab talab kelib tushdi.

AQSh firmalari ayniqsa elektr energiyasi, aviatsiya, oziq-ovqat, ma'lumot, finans, sog'likni saqlash kabi turli tarmoqlarda Turkiyaga qaratilgan investitsiya loyihalari mavzusida turk firmalari bilan aloqada.

Ushbu ziyorat doirasida Prezident Erdog'an, Yadro xavfsizligi sammitida ishtirok etadi. Bu sohada ham uchrashuvlar o'tkazadi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Prezident Erdog'an , #investitsiya

Aloqador xabarlar