Turkiya-Pokiston strategik hamkorligining yangi ufqlari...

Pokistonda bo'lajak politsiya xodimlarini yetishtirishda va ularning malakasini oshirishda Turkiyaning xizmatlari beqiyos.

457638
Turkiya-Pokiston strategik hamkorligining yangi ufqlari...

Pokiston bilan Turkiya o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlamoqda.

Turk politsiya xodimlari Pokistonda 700 nafar bo'lajak politsiya xodimlariga 6 oy mobaynida harbiy ta'lim berdi.

Harbiy ta'limdan muvaffaqiyatli o'tgan bo'lajak politsiya xodimlari bitiruv kechasi o'tkazdi.

Kechaga Panjob shtati Bosh vaziri Shahbaz Sherif, Turkiyaning Pokistondagi elchisi Babur Girgin va bitiruvchilarning ota-onalari hamda ko'plab mehmonlar tashrif buyurdi.

Shahbaz Sherif bo'lajak politsiya xodimlarini yetishtirish va ularning malakasini oshirishga qo'shgan hissalari uchun Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anga va Bosh vazir Ahmet Davutog'luga minnatdorchilik bildirdi.

Pokistonda harbiy ta'limni bitirgan yoshlar bitiruv kechasiga tashrif buyurgan mehmonlarga atab harbiy mashg'ulotdan lavha namoyish qildi.

Bir-biridan mashaqqatli mashqlarni uddaburonlik bilan bajargan bitiruvchilar tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo'ldi.

Namoyishlar paytida turk va Pokiston bayroqlari havoda hilpiradi.



Aloqador xabarlar