Diyarbakirda terroristlar bilan otishmada 3 askar halok bo'ldi

Diyarbakirning Bingo'l yo'lidagi Marmar jandarm boshqarmasiga kecha tungi soat 21:10 atrofida terroristlar tomonidan bomba ortilgan mashina vositasida hujum sodir qilindi.

457906
Diyarbakirda terroristlar bilan otishmada 3 askar halok bo'ldi

Diyarbakirning Bingo'l yo'lida joylashgan Marmar jandarm boshqarmasiga kecha tungi soat 21:10 atrofida bo'luvchi terror tashkiloti PKK terroristlari tomonidan bomba ortilgan mashina vositasida hujum sodir qilindi.

Portlash oqibatida 3 askar halok bo'ldi, 24 askar jarohatlandi.

Kuchli portlashdan so'ng, terroristlar xavfsizlik kuchlariga uzun masofali qurollar bilan o'q uzdi.

So'ngra, askarlar bilan terroristlar o'rtasida otishma boshlandi.

Otishmada yaralangan askarlar uchun Diyarbakir markazidan tez yordam chaqirildi.

Yarador askarlar Diyarbakirdagi harbiy shifoxonaga olib ketildi va hududga qo'shimcha askar safarbar qilindi.

Diyarbakir-Bingo'l transport yo'lida mashina qatnovi to'xtatildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #askar , #halok , #terrorist , #Diyarbakir , #bomba , #portlash

Aloqador xabarlar