Istanbulda yuz bergan xudkushlik bo'yicha, tergov ishlari davom etmoqda

Bu borada terakt bilan aloqasi borligida gumon qilingan 5 kishidan 1 nafari bugun hibsga olindi.

457284
Istanbulda yuz bergan xudkushlik bo'yicha, tergov ishlari davom etmoqda

Istanbulning Beyo'g'li tumanida o'tgan shanba kuni yani 19-martda yuz bergan xudkushlik hujumi bo'yicha tergov ishlari davom etar ekan, terakt bilan aloqasi borligidagumon qilingan 5 kishidan 1 nafari hibsga olindi.

Xudkushlikga qo'l urgan Mehmet O'zturkning otasi bilan nomi yashirin tutilgan bir kishi esa, prokuratura buyrug'i bilan qo'yib yuborildi.

Sudga tortilgan 3 gumondan biri yani Erkan Chapkin hibsga olinar ekan, xudkushning yani Mehmet O'zturkning 2 tug'ishgani sud nazorati sharti bilan qo'yib yuborildi.

Hujum to'g'risidagi tergov ishlari jiddiy ravishda davom etar ekan, keyingi jarayonda yana nazoratga olish faoliyatlari bo'lishi mumkin.

Hujum oqibatida 3 nafari isroillik, 1 nafari esa eronlik jami 4 kishi jon bergan bo'lib, 36 kishi tan jarohati olgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #xudkush , #tergov

Aloqador xabarlar