Bugun Mardinda yana 1 askar shahid bo’ldi

Bu haqida, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi ma'lumot berdi.

455948
Bugun Mardinda yana 1 askar shahid bo’ldi

Mardinning Nusaybin tumanida, terror tashkilotiga qarshi harbiy amaliyot davom etar ekan bugun 1 askar shahid bo'ldi, 6 askar esa tan jarohati oldi.

Qurolli kuchlar Bosh shtab boshchiligi tarqatgan ma'lumotga ko'ra, 1 askar, terroristlar tomonidan oldindan joylashtirib qo'yilgan va qo'lda yasalgan portlaguvchi moddaning portlatib yuborilishi oqibatida shahid bo'lgan. Tan jarohati olgan 6 askardan bir nafarining esavaziyati og'ir.

Undan tashqari Hakkarining Yuksekova tumanida 12, Shirnakda 8 va Mardinning Nusaybin tumanida esa 3 jami, 23 terrorist o'ldirildi.

Nomi tilga olingan 3 viloyatda olib borilayotgan harbiy amaliyotlar chog'ida bugungacha 143 terrorist o'ldirilar ekan, ko'plab qurol-yaroqlar ham qo'lga tushirildi.


Tanlangan kalimalar: #Mardin , #Nusaybin , #shahid

Aloqador xabarlar