Turkiya, Misrdagi terror hujumini qoraladi

Kecha, Misrning shimolida joylashgan Sinay viloyatiga qarashli Al-Arish shahrida qurolli hujum uyushtirilgan edi.

455205
Turkiya, Misrdagi terror hujumini qoraladi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o'zining yozma ravishdagi bayonotida, Misrning shimolida joylashgan Sinay viloyatiga qarashli Al-Arish shahrida uyushtirilgan terror hujumini keskin qoralaganligini bildirdi.

Shuningdek vazirlik, “Hujumda vafot etganlarni Ollox o'z panohiga olgan bo'lsin. Ular oilasiga sabr, tan jarohati olganlarga esa tez kunlarda sog'ayib ketishlarini tilab qolamiz" degan ifodalarga o'rin berdi.

Misr Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ma'lum qilinishicha kecha, Al-Arihning janubida joylashgan bir nazorat nuqtasiga qarshi terroristlar tomonidan qurolli hujum uyushtirilgan. Ushbu hujum oqibatida esa 13 nafar politsiya xodimi shahid bo'lgan.

Undan tashqari, DEASh terror tashkilotini qo'llab-quvvatlaguvchi Al-Amak axborot agentligi, hujumni tashkilotning o'z zimmasiga olganligi haqida xabar tarqatgan edi.



Aloqador xabarlar