TIKA Afg'onistonda kam ta'minlangan 300 oilaga gumanitar yordam tarqatdi

Ziraki, Nayzar va Eshkisay qishloqlarida Tolibon hujumlari oqibatida uy-joyini tashlab qochgan 300 oilaga un, yog', guruch, choy, tuz va boshqa zarur oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

445816
TIKA Afg'onistonda kam ta'minlangan 300 oilaga gumanitar yordam tarqatdi

Turk hamkorlik va koordinatsiya agentligi TIKA Afg'onistonda kam ta'minlangan 300 oilaga gumanitar yordam tarqatdi.

TIKAning yozma bayonotiga ko'ra, Mozori Sharifdagi TIKA vakolatxonasi vositasida Semengan viloyati Dara-e Suf tumanining Ziraki, Nayzar va Eshkisay qishloqlarida Tolibon hujumlari oqibatida uy-joyini tashlab qochgan 300 oila oziq-ovqat mahsuloti bilan ta'minlandi.

Mamlakatdagi Oybek viloyatiga sig'ingan va qiyin sharoitlarda kun kechirgan oilalarga un, yog', guruch, choy, tuz va boshqa zarur oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.



Aloqador xabarlar