Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog'lu Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy tomonidan qabul qilindi

Ahmet Davutog'lu:" “Fikrlarimiz farqli bo'lishi mumkin, lekin mintaqamizning taqdirini tashqi kuchlarning qo'liga tashlab qo'ymasligimiz zarur..."

445373
Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog'lu Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy tomonidan qabul qilindi

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog'luning Eron safari chog'ida, ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar, Suriyadagi vaziyat va boshqa mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Eronga tashrifi ikki davlat o'rtasida yangi davrning boshlanishidan darak berganini tilga olgan Davutog'lu: “Fikrlarimiz farqli bo'lishi mumkin, lekin mintaqamizning taqdirini tashqi kuchlarning qo'liga tashlab qo'ymasligimiz zarur. Mintaqamizda tinchlik-omonlik, barqarorlik, farovonlik hukm surishi uchun Turkiya bilan Eron o'rtasidagi aloqalarning ahamiyati juda katta, buni butun davlatlar yaxshi biladi. Yana bir marta aytamanki, biz qiyin kunida Eronga madadkor bo'ldik, kelgusida ham hamjihatlikda ish olib borish davlatlarimiz jihatidan hamda mintaqamiz jihatidan katta manfaat olib keladi",-dedi.

Bosh vazir Ahmet Davutog'lu Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy tomonidan qabul qilindi.

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog'luga Eron safari chog'ida, ba'zi vazirlar va 30 nafar turk tadbirkor hamrohlik qildi.



Aloqador xabarlar