Prezident Erdog'an, yangi taklifini e'lon qildi

Prezident Erdog'an Suriyaning shimolida, Turkiyaga yaqin mintaqada shahar barpo etishlikni taklif qildi..

444981
Prezident Erdog'an, yangi taklifini e'lon qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Istanbulda, Turkiya Yashil Yarim Oy Jamiyati tomonidan uyushtirilgan taqdirlash marosimida mahalliy arxitektura orqali Suriyaning shimolida, Turkiyaga yaqin mintaqada bir shahar barpo etishlikni taklif qildi.

Yevropa ittifoqi kengashi rahbari Donald Tuskning Anqara ziyorati chog'ida Janob Tuskga, suriyaliklarga, Turkiyaning hech qachon o'z darvozalarini yopmaganliklarini aytganligini ta'kidlagan Prezident Erdog'an, Turkiyaning yelkasidagi yukini yengillashtirish uchun bir yoqadan bosh, bir yengdan qol chiqarib bir formula ustida ish olib borilishi kerakligiga e'tibor qaratganligini aytdi.

Suriyaning shimolida qariyb 4 ming 500 kilometrlik bir shahar barpo etishlikni ko'zda tutgan Prezident Erdog'an, bu shaharga Suriyani tark etmoqchi bo'lganlar bilan Turkiyadagi suriyaliklarning joylashtirilishi mumkinligini ta'kidladi.

Bu taklifini bugungi kunga qadar bir necha uchrashuvda kun tartibiga olib chiqganligini, shuningdek ko'pchilik tomonidan ham qabul qilinganligini belgilab o'tgan Prezident Erdog'an, bu haqidagi koordinatlarni hattoki Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat rahbari Barack Obamaga taqdim etganligini faqat ishka tushirilishi chog'ida xalqaro jamiyatning jim-jirt qolganligini bildirdi.

Prezident Erdog'an o'z nutqida gumanitar yordam bo'yicha Turkiyaning dunyoda uchunchi o'rinda ekanligiga ham e'tibor qaratdi.

Turkiya tomonidan 5 yil davomida, Suriyadan kelgan muhojirlar uchun 10 milliard dollar ajratilganligini eslatgan Erdog'an, bunga noqonuniy tashkilotlaru, shahar hokimiyatlari yordamining doxil etilmaganligini ham qo'shimchaladi.

Prezident Erdog'an, muhojirlarga qaratilgan yordamlariga ham to'xtalar ekan, vaziyatga homo economicus tushunchasi bilan qaramaganliklarini ifodalagan holda;

“Bizning madaniyatimizga, bizning qadriyatimizga ko'ra yordam berish usuli boshqachadir. Bergan qo'l, olgan qo'ldan yana-da xayrliroqdir". Bizga G'arb davlatlari nima deyapdi? Bizga bir yilda 3 milliard yevro berishlikga va'da berdi. Qarang, G'arb davlati bizga bu va'dani berganiga roppa-rossa 4 oy bo'ldi. Haligacha bergani yo'q". dedi.


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdog'an , #shahar , #Suriya

Aloqador xabarlar