Turkiya, ahiska turklariga quchoq ochishni davom ettirmoqda

Ukrainadagi vaziyat ahiska turklariga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsata boshlagach Turkiya, qondoshlarining bu xolatiga befarq qarab turolmadi.

444285
Turkiya, ahiska turklariga quchoq ochishni davom ettirmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdog'anning buyrug'i va Bosh vazir Ahmet Davuto'g'lining koordinatsiyasi natijasida Turkiyada joylashtirilmoqchi bo'lgan ikkinchi ahiska turklari guruhi kecha Turkiyaning Erzinjan viloyatiga kirib keldilar.

Ikkinchi jahon urushi yillaridan beri boshqacha qilib aytganda 1944-yildan beri umrini badarg'ada o'tkazgan ahiska turklarining vatan hasrati va nihoyat o'z yakuniga yetmoqda.

Ukrainadagi vaziyat ahiska turklariga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsata boshlagach Turkiya qondoshlarining bu xolatga befarq qarab turolmadi.

Bu doirada Vazirlar kengashi qarori bilan Immigratsiya idorasi astoydil ishga kirishdi.

Maxsus faoliyatlar natijasida, Ukrainadagi qondoshlarga vatan darvozasi ochildi.

Ukrainadan Erzinjanning Uzumli tumaniga 2015-yilning 25-dekabri kuni olib kelingan 439 kishilik 116 oiladan tashkil topgan birinchi guruh ortidan 177 kishilik 35 ahiska turki oila Ukrainaning sharqida joylashgan Harkov shahridan Turkiyaga olib kelindi.

Jami 677 oila Turkiyaga joylashtiriladi.

Birinchi guruh Turkiyaning Erzinjan viloyati, Uzumli tumaniga joylashtirildi.

Keyingi guruh Turkiyaning Bitlis viloyatiga joylashtiriladi.

Ahiska turklari ikkinchi jahon urushi yillari, 1944-yil 31-iyul kuni Stalin imzolagan qarorga binoan o'z vatanidan poyezd vagonlarida Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekistonga badarg'a qilingan.

Stalin bu badarg'a orqali Qora dengiz qirg'oqlarini turklardan tozalashni maqsad qilganligi, Sovet ittifoqi tarqaganidan keyin yuzaga chiqgan arxivlarda ortaga chiqdi.

Ahiska turklarining bu qayg'uli badarg'asi chog'ida minglab odam bolasi yo'llarda jon berdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #ahiska turklari , #badarg'a

Aloqador xabarlar