Turkiyaning sharqida DAISh safiga qo'shilgan xorijlik 7 shaxs qo'lga olindi

DAISh safiga qo'shilgan xorijliklar Shanliurfaning Akchakale tumanida noqonuniy yo'l bilan chegaradan o'tishga harakat qilgan.

441552
Turkiyaning sharqida DAISh safiga qo'shilgan xorijlik 7 shaxs qo'lga olindi

Turkiyada terrorizmga qarshi kurash davom etmoqda.

Harbiy Bosh shtab rahbariyati ma'lum qilishicha, Turkiyaning sharqida joylashgan Diyarbakir viloyati Sur tumanidagi operatsiyada 1 terrorist o'ldirildi.

Sur tumanidagi operatsiyalarda bugungacha jami 241 terrorist o'ldirildi.

Operatsiya paytida 11 ta qo'lbola bomba yo'q qilindi.

Shirnakning Silopi tumanida esa, o'z xohshi bilan PKK terror tashkilotidan qochgan 8 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo'ldi.

Diyarbakirning Ergani hududida 1 terrorist tiriklayin qo'lga tushirildi.

Shuningdek, Gaziantepning O'g'uzeli va Shanliurfaning Akchakale tumanlarida noqonuniy yo'l bilan chegaradan o'tishga harakat qilgan DAISh terror tashkilotiga a'zo xorijlik 7 shaxs qo'lga olindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #chegara , #Suriya , #DAISh , #terrorist , #terrorizm

Aloqador xabarlar