Numan Kurtulmush:"Turkiya o'zini himoya qilishga shay vaziyatda..."

Turkiya Bosh vazir o'rinbosari Numan Kurtulmush:“Suriyaning Turkiyaga chegaradosh bo'lgan Azez tumani terror tashkilotining qo'liga o'tgani Turkiya uchun havotirlanarli holat. Bunga Turkiya tomoshabin bo'lib qarab tura olmaydi"

433055
Numan Kurtulmush:"Turkiya o'zini himoya qilishga shay vaziyatda..."
başbakan yardımcısı ve hükümet sözcüsü numan kurtulmuş

Turkiya Bosh vazir o'rinbosari Numan Kurtulmush PYD-YPG terror tashkiloti makonlarining portlatilishi bilan Suriya masalasi Turkiya jihatidan yangi bosqichga o'tganini bildirdi.

Hozirda Suriyadagi voqealar faqatgina bu mamlakatning ichki ishlari bilan bog'liq masala emasligini bildirgan Kurtulmush, buni Turkiyaning milliy xavfsizlik masalasi sifatida ko'zdan kechirish kerakligini tilga oldi.

Xususiy televizion kanalida dolzarb mavzularga doir bayonot bergan Numan Kurtulmush: “Chegaralarimizga ba'zan DAISh terror tashkiloti, ba'zan PYD terror tashkiloti o'q uzmoqda. Bularning barchasiga faqat Suriyaning ichki masalasi sifatida qaray olmaymiz. Chegaramiz tagida bo'layotgan hodisalar Turkiyani yaqindan qiziqtiradi”,-dedi.

Numan Kurtulmush:“Turkiya o'zini mudofaa qilishga tayyor turishi zarur. Turkiyaning tinchligiga rahna solgan barcha qora niyatli tashqi kuchlarga qarshi kerakli chorani olib, shay vaziyatda bo'lishi kerak”,-dedi.

Numan Kurtulmush:“Suriyaning Turkiyaga chegaradosh bo'lgan Azez tumani terror tashkilotining qo'liga o'tgani Turkiya uchun havotirlanarli holat. Bunga Turkiya tomoshabin bo'lib qarab tura olmaydi. Diqqat bilan o'zgarishlarni kuzatib boradi. Amerika va Rossiya tomonidan qo'llab quvvatlangan PYD terror tashkiloti Rossiyadan nafaqat siyosiy, balki harbiy jihatdan ham ko'mak olmoqda. Bu terror tashkiloti Turkiyaga jiddiy zarar beradigan darajada harbiy va siyosiy jihatdan qo'llab quvvatlanmoqda. PKK va DAISh kabi terror tashkilotlarining orqasida tashqi kuchlarning moddiy va siyosiy qo'llab quvvatlovi mavjud.

Biz turk va kurd millati sifatida terror tashkilotidan kelib chiqqan moddiy va ma'naviy butun talofatlarni birgalikda bartaraf etamiz. Barcha siyosiy partiyalarning bunga hissa qo'shishidan umidvormiz”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #Numan Kurtulmush

Aloqador xabarlar