Ahmet Davutog'lu:"Terroristlarning chegaramizga hujum qilishiga yo'l qo'ymaymiz"

Suriya rejimining hamkori bo'lgan va Rossiyaning tinch aholini qatl etishiga ko'makdosh bo'lgan YPG terror tashkiloti Turkiya chegarasiga yaqin masofada joylashgan Azez hududiga hujum qildi.

432335
Ahmet Davutog'lu:"Terroristlarning chegaramizga hujum qilishiga yo'l qo'ymaymiz"
Davutoğlu

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog'lu Suriyadagi Azez hududida katta tahlika yaratgan terror tashkiloti YPGni ogohlantirdi.

Davutog'lu: “Suriya rejimining hamkori bo'lgan va Rossiyaning tinch aholini qatl etishiga ko'makdosh bo'lgan ushbu terror tashkiloti Azez hududiga hujum qildi. Bizning bu vaziyatga nisbatan munosabatimiz oshikor. Bu hujumlar chegaralarimiz xavfsizligiga rahna soldi. Chegara xavfsizligini buzish holatiga qarshi kuch ishlatish huquqi asosida Azez va uning atrofida tahlika yaratgan kuchlarga qarshi ogohlantiruv maqsadida o'q uzildi”,-dedi.

AQSh prezident o'rinbosari Joe Biden bilan telefon orqali fikr almashganini bildirgan Davutog'lu, “Joe Bidenga ham bu xususda fikrimni ifoda etdim. Istanbul ziyorati paytida kelishib olgan xususlarni eslatdim. Turkiya uchun YPG va PYD PKKning hamkori bo'lgani uchun katta tahdid hisoblanadi. Bunga qarshi kerakli chorani ko'ramiz”,-dedi.

Davutog'lu: “YPG terror tashkiloti darhol Azez hududidan uzoqlashadi. U yerning xatto yaqiniga ham yo'latmaymiz. Minnak aeroportidan Turkiyaga va muholifatga qarshi foydalanishiga yo'l qo'ymaymiz. Bu aeroport ham terroristlardan tozalanadi. Bu xususlar bo'yicha janob Biden bilan fikr almashdim”,-dedi.



Aloqador xabarlar