Noqonuniy yo’llar, 128 nafar qochqinni yo’ldan qo’ydi

Izmirning Aliog’a tumanida, noqonuniy yo’llar orqali Egey dengizidan Gretsiyaga qarab yo’l olishga harakat qilgan 128 nafar suriyalik qochqin, ikki boshqa amaliyot natijasida qo’lga tushdi.

429295
Noqonuniy yo’llar, 128 nafar qochqinni yo’ldan qo’ydi

Chanoqqal'adan Izmirga qarab yo'l olgan yuk tashuvchi mashina, olingan ma'lumotga muvofiq Aliog'a tumanida militsiya xodimlari tomonidan to'xtatildi.

To'xtatilgan mashinaning ichida suriyalik 63 nafar qochqin qo'lga tushdi. Ular orasida ayollar va bolalar ham bor edi.

Undan tashqari yana boshqa ma'lumotga muvofiq militsiya xodimlari yo'lda to'xtab turgan avtobusda tekshiruv ishlari yuritdi.

Natijada chet elga ketmoqchi bo'lgan va ehtiyot nimchasi kiyib olgan 65 nafar suriyalik qochqin qo'lga tushdi. Ulardan 35 nafari esa yosh bolalardan iborat edi.

Qo'lga tushgan suriyaliklar tibbiy tekshiruvdan o'tkazilganidan keyin Izmir viloyatidagi Immigratsiya idorasiga yuborildi.

Ular ustidagi ehtiyot nimchalari ham olib qoyildi.



Aloqador xabarlar