Turkiyada qo’lga tushgan chet ellik terroristlar soni ortdi

Terror tashkiloti a’zolarining Turkiya chegarasida qo’lga tushishida, hududlarda olingan xavfsizlik chora tadbirlari muhim rol o'ynadi.

406256
Turkiyada qo’lga tushgan chet ellik terroristlar soni ortdi

Turkiyaning terror tashkiloti DEAShga qarshi kurashi doirasida, 2015-yilning 1-yanvaridan bugungi kunga qadar, chegaralardan noqonuniy yo’llar orqali o’tishga harakat qilgan dunyoning 54 davlatidan 913 nafar chet ellik terrorist jangchi, qo’lga tushdi.

Turkiyaning quriqlikdagi hududlarida olingan kuchli chora va tadbirlar oqibatida, DEASh terror tashkiloti mansublaridan qo’lga tushganlar sonida muhim ortishlar kuzatildi.

Terror tashkiloti a’zolarining Turkiya chegarasida qo’lga tushishida, hududlarda olingan xavfsizlik chora tadbirlari, fizikaviy xavfsizlik tizimlaridagi yaxshilashlar, chegara qo'shinlari va jandarm elementlari bilan boshqa maqomlar o’rtasidagi koordinatsiyaning ortishi judayam ta’sirli bo’ldi.

Qo’lga tushganlarning soni, yanvar-may oylari orasida 349 nafarni tashkil etar ekan, iyun-dekabr oylari orasida esa bu raqam 564 nafarga chiqdi.

Chegaraga yaqin mintaqalarda tashkilotga qaratilgan havo va quriqlikdagi hujumlari oqibatida noyabr va dekabr oylarida qo’lga tushgan terrorist soni 108 nafarni tashkil etdi. Qo’lga tushgan tashkilot a’zolarining 478 nafarining Turkiyaga, 435 nafarining esa Suriyaga o’tmoqchi bo’lganligi, qo’lga tushirishlarning esa Kilis viloyatining Elbeyli tumanida yana da ko’proq yuz berganligi aniqlandi.

Qo’lga tushgan DEASh mansublarining qurollari, qurol uskunalari va foydalangan ramzlarining olib qoyilganligi, o’tmoqchi bo’lganlarning cho’ntaklaridan ayniqsa pul, hujum nimchasi, uyali telefoni va kompyuter kabi ashyolarning chiqqani aniqlandi.

Olingan tadbirlar, chegara hududlarida kashfiyot va kuzatishlarning ortishi, chegara liniyasida qurilgan beton devorlar, tikonli sim to’siqlariyu, handaklar o’tishlarni murakkablashtirdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar