Turkiya-Suriya chegarasida vaziyat notinch…

Chegaraga yaqin masofadagi Bayirbujak hududida yashovchi turkmanlar rus jangovar samolyotlari tomonidan portlatilmoqda.

403670
Turkiya-Suriya chegarasida vaziyat notinch…

Turkiya-Suriya chegarasida vaziyat hamon notinch…
Chegaraga yaqin masofadagi Bayirbujak hududida yashovchi turkmanlar rus jangovar samolyotlari tomonidan portlatilmoqda.
Shuningdek, Azez tumanidagi tog’liq hududlarda kuchli otishma ketmoqda.
Bayirbujak hududidagi to’qnashuvlar Kizildag’, Firinlik, Kirkalti, Avanli va Derhanne qishloqlarida avj olgan.
Turkman jangchilar qo’ldan boy bergan Kizildag’ tepaligini takror qo’lga kiritish uchun hujumga o’tdi.
Kizildag’ tepaligi turkmanlar uchun strategik ahamiyatga ega bo’lgan hudutlardan biri.
Tuni bilan davom etgan otishmalarda rejim askarlari tomonidan otilgan bombalar vaqti-vaqti bilan Yamadi turkman lageri yaqinlariga kelib tushmoqda.
Kilis chegarasida ham notinchlik hukmron.
Suriyaning Halap shahriga qarashli Azez tumani Harcheli qishlog’i yaqinlarida DAISh terror tashkiloti bilan Mustaqil Suriya qo’shini o’rtasida qizg’in jang ketmoqda.
DAISh jangarilari Turkiya chegarasiga 5 km masofada joylashgan qishloqni qayta ishg’ol qilish uchun hujumga o’tdi.
Otishma ovozlari Kilis chegarasi atrofidagi qishloqlarga ham eshitilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar