Turkiya Prezidenti mahalla komiteti raislarini qabul qildi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an prezidentlik saroyida turli shaharlardan kelgan mahalla komiteti raislarini qabul qildi.

404013
Turkiya Prezidenti mahalla komiteti raislarini qabul qildi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an prezidentlik saroyida turli shaharlardan kelgan mahalla komiteti raislariga hitob qildi.
U dunyo tinchligini buzgan mintaqaviy o’zgarishlarga alohida to’xtalib o’tdi.
Erdog’an DAISh terror tashkiloti mintaqaga ko’z tikkan davlatlarning o’yinchog’i ekanini tilga olib, “Suriyada to’kilgan qon Beshar Asad rejimini himoya qilgan davlatlarning ishi”-dedi.
Turkiya hozirda 2 yarim million qochqinni boqib o’tirganini bildirgan Erdog’an, O’rta Yer dengizi va Egey dengizida boshqa davlatlarga yo’l olgan begunoh insonlarning cho’kib ketish holatlari, qutqarilmagan yosh bolalar, sohilga chiqib qolgan o’liklarni ko’rib turk millati azob chekkanini tilga oldi.
Turkiya 5 yildan beri bu masalani o’z imkonlari bilan bartaraf etishga harakat qilganini bildirgan Erdog’an, Yevropa Ittifoqi va’da qilgan 3 milliard evrolik yordam faqatgina bu mavzudagi say-harakatlarni qulaylashtirishini aytib o’tdi.
Erdog’an, “Bu masalaga o’z xavfsizligi uchun qayg’urgan davlatlar oldida biz odamgarchiligimizni ko’rsataveramiz”-dedi.
Terror tashkiloti DAISh bilan Beshar Asad rejimining manfaatlari mushtarak ekanini tilga olgan Erdog’an, “Bular bir-biriga qarshi kurash olib borganiga qaramang. Neftni Beshar Asad rejimiga sotgan ushbu terror tashkilotidir. Rossiya va ayni paytda Suriya fuqarosi bo’lgan shahslar neftni olib rejimga hamda butun dunyoga sotmoqda”-dedi.
Buni isbotlagan fotosuratlar matbuot organlarida chop etilganini bildirgan Erdog’an, “Bu terror tashkiloti bilan kurashmaganlar xuddi shu bahona bilan Suriyada harbiy faoliyat olib borishga usta ekanini guvohi bo’lib turibmiz”-dedi.
Bu masalaga yechim topish xalqaro hamjamiyatning majburiyati ekanini tilga olgan prezident Erdog’an, shuning uchun terrordan tozalangan xavfsiz hudud tashkil qilish va muholiflarga harbiy ta’lim berish taklifiga ijobiy yondashganini bildirdi.




Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar