Turkiya-Yevropa Ittifoqi oliy yig’ilishi...

Turkiyadan Bosh vazir Ahmet Davutog’lu ishtirok etadigan Brusseldagi oliy yig’ilishda Yevropaning ko’chmanchilar masalasi muhokama qilinadi.

394918
Turkiya-Yevropa Ittifoqi oliy yig’ilishi...

Bugun Brusselda Turkiya-Yevropa Ittifoqi oliy yig’ilishi bo’lib o’tadi.
Turkiyadan Bosh vazir Ahmet Davutog’lu ishtirok etadigan oliy yig’ilishda Yevropaning ko’chmanchilar masalasi muhokama qilinadi.
Yig’ilishda Yevropa Ittifoqi davlatlariga ommaviy ko’chib borish holatlarini oldini olishga doir mushtarak reja tuzilishi maqsad qilinmoqda.
Bundan tashqari, tartibsiz ko’chmanchilikka qarshi kurash, Suriyalik ko’chmanchilarning davlatlarga tushgan yukini yengillatish kabi xususlar ham muhokama qilinadi.
Yevropaning ko’chmanchi tangligiga qarshi kurash bo’yicha Turkiyaning yordam ko’rsatishi va hamkorlik qilishi evaziga 3 milliard evro atrofida moddiy yordam ko’rsatishi ham qarorlashtiriladi.
Bundan tashqari, Turkiya fuqarolarini vizadan ozod qilish, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik muzokaralarining tezlashtirilishi va Bojxona Ittifoqining sifat darajasini oshirish masalasi ham ko’zdan kechiriladi.
Ohirgi paytlarda avj olgan terror voqealari va xalqaro terrorizmga qarshi hamkorlikda kurash olib borish masalasi ham ko’rib chiqiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar