Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyaga keladi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiya Tashqi ishlar vaziri Feridun Sinirliog’lu bilan uchrashadi.

421250
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyaga keladi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyaga tashrif buyurmoqda.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Feridun Sinirliog’lu chorshanba kuni Istanbulda Turkiya-Rossiya Oliy darajali hamkorlik kengashining quyi organi Mushtarak strategiya rejalashtirish guruhi yig’ilishiga rahbarlik qiladi.
Mazkur yig’ilishning ikki davlat o’rtasidagi do’stlik va hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishiga hissa qo’shishi kutilmoqda.
Lavrov va Sinirliog’lu o’zaro uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi aloqalar, energiya va tijorat, Suriya masalasi, mintaqaviy o’zgarishlar, terrorizmga qarshi kurash, Ukraina, Kafkazlar va O’rta Osiyo kabi mavzularda fikr almashadi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar